O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2011 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan xorijiy davlatlarning bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko’ra, O‘zbekiston bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy, ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faol va samarali faoliyati uchun “Turkiston-Amerika uyushmasi” raisi, amerikalik vatandoshimiz Abdulla Xo’ja “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Vatandoshimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz!
Shuningdek, xuddi shunday esdalik nishoni amerikaliklardan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va J.Xopkins nomidagi universitet huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starrga ham taqdim etildi.