Chiqindi suvlarni tozalashning yangicha usuli kashf qilindi

Ushbu texnologiya chiqindi suvlarni kimyoviy tozalash vositalariga va ultrabinafsha nurlanishiga nisbatan samaraliroq va barqaror muqobil bo’lishi mumkin.

Hindistonning Shulini universiteti olimlari “Pseudochlorella pringsheimii” nomli suv o’tlari yordamida chiqindi suvlarni tozalash hovuzlarida tozalashning imkoni bo’lmagan shahar chiqindi suvlarini tozalashga muvaffaq bo’lishdi. Bu haqidagi maqola Science of the Total Environment jurnalida chop etildi.

Suv o’tlari chiqindi suvlari joylashgan hovuzlarga joylashtirilganidan ikki hafta o’tgach, undagi og’ir metallar darajasi keskin pasayib ketdi va antibiotiklarga chidamli bakteriyalar butunlay yo’q qilindi. Keyin tadqiqotchilar o’tlarni olib tashlashdi va tajriba uchun baliqlarni tozalangan va tozalanmagan suv bilan to’ldirilgan ikkita idishga solib qo’yishdi. Tozalanmagan suv joylashgan idishda birorta baliq omon qolmadi. Suv o’tlari yordamida tozalangan suv joylashgan idishda esa ularning 84 foizi omon qoldi. Bundan tashqari, baliqlarning tana vazni 10 kun ichida 47 foizga oshgan. Bunday suv o’tlari kimyoviy dezinfektsiya o’rnida ekologik toza va energiya tejovchi muqobil sifatida ishlatilishi mumkinligini isbotlandi va shu usulda qayta ishlangan suv iste’mol uchun foydalanilishi mumkin.

Shuningdek, tajriba shuni ko’rsatdiki, suv o’tlari chiqindi suvlarni tozalash jarayonida hosil qilgan lipidlar (hayvon hujayralari va to’qimalarida mavjud bo’lgan murakkab molekulalarning eng muhim sinflaridan biri) keyinchalik bioyoqilg’iga aylantirilishi mumkin.