COVAX doirasida 273780 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi keltirildi

Yurtimizga COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi vaksinalarning bir necha partiyasi yetkazib berildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda aholi talablariga mos ravishda va tanlov imkoniyatini inobatga olgan holda vaksinalar zaxirasini shakllantirishga imkon berdi.

Mamlakatimizda vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi esa bu imkoniyatni to‘la taʼminladi, deya olamiz.

Hozirgina yurtimizga olib kelingan 273 780 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi ham COVAX doirasida keltirilgan bo‘lib, uning boshqa vaksinalardan farqi shundaki, JSST tavsiyalarini inobatga olgan holda ushbu vaksina bilan 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar ham ixtiyoriy tarzda emlanmoqda.

Hozirga qadar 168 554 nafar 12-18 yoshli bolalar ixtiyoriylik asosida Pfizer vaksinasi bilan emlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.