Liviyada pul olib ketayotgan hususiy vertolyot stadionga quladi

Liviya poytaxti Tripolidan 80 km uzoqlikda joylashgan Tarxuna shahridagi futbol stadioniga xususiy vertolyot qulab tushdi. Vertolyot shaharga pul yetkazishi kerak edi.

Mazkur voqea haqida habar bergan mahalliy 218 telekanalining saytida aytilishicha, stadiondan ayni paytda uchish-qo’nish maydonchasi sifatida ham foydalanilgan. Vertolyot ekipaji aʼzolari omon qolgan. Ular kasalhonalardan biriga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yetkazilgan.

Hozircha voqeaning tafsilotlari va sabablari maʼlum qilinmayapti.