Tesla avtopilotning yangi versiyasi sinovini kechiktirmoqda

Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi avtopilotning yangi versiyasini sinovdan o’tkazishda yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli sinov ishlarini to’xtatmoqda. Bu haqida yakshanba kuni kompaniya asoschisi Elon Mask ma’lum qildi.

“Biz (avtopilotning) 10.3 versiyasida ba’zi muammolarga duch keldik, shuning uchun vaqtincha 10.2 versiyasiga qaytmoqdamiz”, – deb yozgan u Tvitterdagi sahifasida.

Avtopilot 10.3 versiyasining beta sinovlari 14 oktyabrda boshlangan edi. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, xavfsizlik reytingi 100 balldan 99 ball bo’lgan Tesla avtomobillari egalari sinovlarda ishtirok etishlari mumkin bo’lgan. Bir kun oldin Mask, sifat nazorati xizmati tartibga solinadigan chorrahalarda chapga burilishda tizimning tezligi bilan bog’liq muammolarni topganini aytdi.