Tokyo 2022 Xalqaro yoshlar sammiti yoshlarni chorlaydi

Yaponiyada bo’lib o’tadigan 2022 yilgi “Xalqaro yoshlar sammiti”ga qatnashish uchun mavsum ochiq deb e’lon qilinadi. Nomzodlar Yaponiya hukumati tomonidan to’liq moliyalashtiriladigan ushbu sammitda ishtirok etishlari mumkin. “Xalqaro yoshlar sammiti” har yili o’tkaziladigan eng yirik konferentsiya bo’lib, Yaponiyaning Tokyo shahrida bo’lib o’tadi va 190 dan ortiq mamlakatdan 1800 nafar ishtirokchi sammitda qatnashish uchun tanlab olinadi. Sammit kelasi yilning 15-19 may kunlari bo’lib o’tadi. Butun dunyo bo’ylab 18-30 yoshdagi barcha ishtirokchilar konferensiyada qatnashish huquqiga ega.

O’tgan yili yoshlar sammiti Myunxenda bo’lib o’tgan va unga 1500 nafar ishtirokchi tashrif buyurgan. Bu yilgi reja 1800 nafar ishtirokchilarni jalb qilishdir. Har qanday yo’nalishlarda ta’lim olayotgan yoshlar sammmitda ishtirok etishga haqli, hech qanday akademik cheklovlar mavjud emas.

Xalqaro yoshlar sammiti 2022 tafsilotlari:

Mezbon: One Young World forumi

Ishtirokchilarning umumiy soni: 1800+

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun

Grant miqdori: to’liq moliyalashtiriladi

Sammit o’tkaziladigan mamlakat: Yaponiya

Arizalar taqdim etiladigan so’nggi sana: 2021 yil 1 dekabr.