Kobuldagi bolalar kasalxonasida sillasi qurigan bemorlar soni ortmoqda

Afg`oniston poytaxti Kobulda joylashgan Indira Gandi nomidagi bolalar kasalxonasida sillasi qurigan va turli kasalliklarga uchragan bolalar soni birdaniga 50% ga ortdi.

Bu haqda muassasa rasmiylari xabar qiladi.

“Shu kunlarda bemorlar soni oshgan, o`lim holatlari ham tobora ortib bormoqda. Tez orada dori-darmon va tibbiy uskunalar bilan bog`liq muammo hal qilinmasa, biz murakkab vaziyatda qolamiz,” deydi shifokor Farid Ahmad Andishmand.

Kasalxona mudiri Muhammad Latif Bahirning aytishicha,bemorlar ko`pligidan shifokorlar faqatgina juda og`ir holatdagilarnigina qabul qilib, boshqa bolalarga rad javobini berishga majbur qolishmoqda.

Og`ir holatda yothan bir bolaning onasi bo`lmish Zubaidaning aytishicha, uning turmush o`rtog`I eski hukumat qulagandan keyin ishsiz qolgan.

“Mening bolam 9 kundan beri kasalxonada yotibdi. Bolalarimizni boqishga imkonimiz yo`q. boshqa farzandlarimga ham shu kasallik yuqqan deganxavotirda yashayapman,” deydi ona.