O`zbekiston vakili ilk marotaba Osiyo paralimpiya qo`mitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

30 noyabr-1 dekabr kunlari zoom platformasi orqali Osiyo paralimpiya qo`mitasining Bosh assambleyasi o`tkazilmoqda.

Assambleyada qit’amizning 45 ta mamlakatidan Paralimpiya qo`mitalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, Assambleyaning bugungi ish kunida O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev delegatsiya a’zolari tomonidan bir ovozdan Osiyo paralimpiya qo`mitasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Shu tariqa, O`zbekiston vakili ilk marotaba Osiyo paralimpiya qo`mitasi vitse-prezidenti lavozimiga munosib ko`rildi.