Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi bo`ldi

“Qizil iblislar” matbuot xizmati xabariga ko`ra, Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi bo`ldi. Maykl Kerrik Ralfga Buyuk Britaniyada ishlash uchun viza berilguniga qadar birinchi jamoani boshqarib turadi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati germaniyalik futbolchi mavsum oxirigacha vaqtinchalik murabbiy etib tayinlanganini aniq ta’kidlamoqda. Bu muddat tugaganidan keyin Ralf 2 yil davomida murabbiylar shtabiga maslahat berishda davom etadi.

Rangnikning o`zi “Men “Manchester Yunayted”ga o`tganimdan xursandman. E`tiborimni bu mavsumni klub uchun muvaffaqiyatli o`tkazishga qarataman. Jamoa iqtidorga, yoshlik quvvati va tajribaga to`la. Men jamoaga o`z salohiyatini ro`yobga chiqarishga yordam bermoqchiman” deya ta’kidladi.