Vashington: Biz Xitoy bilan gipertovushli qurollar sohasida qurollanish poygasidamiz

AQSh Harbiy-havo kuchlari kotibi Frenk Kendall Qo’shma Shtatlar gipertovushli qurollarni yaratishda Xitoy bilan qurollanish poygasida ekanini ma’lum qildi.

Kendall “Reuters”ga bergan bayonotida, “Qurollanish poygasi bor, bu albatta raqamlarni ko’paytirish uchun emas, balki sifatni oshirish uchun … Bu qurollanish poygasi bir muncha vaqt davom etmoqda”, dedi.

Uning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar Iroq va Afg’onistondagi operatsiyalari uchun mablag’ ajratar ekan, bu sohaga yetarlicha e’tibor bermagan.

Uning ta’kidlashicha, AQSh armiyasi juda ko’p samarali qurol va jihozlarga ega, ammo bu Xitoyni qo’rqitmaydi va eski modellarni saqlashga pul sarflash o’rniga, yangi tizimlarni, shu jumladan gipertovushli qurollarni ishlab chiqishni moliyalashtirishga umid qilmoqda.

Oktyabr oyida AQSh shtab boshliqlari qoʻmitasi raisi Mark Milli Xitoy gipertovushli qurolni sinovdan oʻtkazganini maʼlum qilgandi.

Bu yil Pentagon gipertovushli tizimlar bilan bir qator tajribalar o‘tkazdi, biroq hammasi ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Oktyabr oyida esa dengiz floti gipertovushli qurollarni yetkazib berish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.