2021 yilda qayta tiklanadigan energiya qurilmalari soni bo`yicha rekord o`rnatildi

Xalqaro energiya agentligi (XEA) hisobotiga ko`ra, 2021-yilda 290 gigavatt quvvatga yaqin qayta tiklanadigan energiya jahon iqtisodiyoti lokomotiviga qo`shiladi va energiya ishlab chiqaruvchi “yangi qurilmalar soni bo`yicha rekord” o`rnatildi. XEA 2026 yilga kelib sayyoramizning qayta tiklanadigan energiya quvvati 4800 gigavattdan oshishini bashorat qilmoqda.

Kelgusi yillarda Xitoy qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishining asosiy dvigateliga aylanishi kutilmoqda. Xitoy ortidan Yevropa, AQSh va Hindiston ergashadi.

XEA ijrochi direktori Fotih Birolning so`zlariga ko`ra, 2021-yilda qayta tiklanadigan elektr energiyasining rekord darajada o`sishi “yangi global energiya iqtisodiyoti paydo bo`lishining yana bir belgisidir”. XEA qayta tiklanadigan manbalar “bir qator siyosiy noaniqliklar va realizatsiya muammolari”ga duch kelayotganini tan oldi. Bularga “ruxsat berish va moliyalashtirishdan” tortib, “tarmoq integratsiyasi va jamoatchilikning qabul qilishigacha” bo`lgan barcha masalalar kiradi.