Amerikalik olimlar koronavirusga qarshi saqich yaratishdi

Pensilvaniya universiteti va boshqa bir qancha ilmiy tashkilotlar olimlari inson so`lagidagi koronavirus infeksiyasini zararsizlantiradigan saqich ishlab chiqishdi. Bu haqida universitet saytida xabar berildi.

Tadqiqot muallifi Genri Daniellening fikricha, bunday saqich virus yuqish ehtimolini kamaytiradi.

Saqich genetik texnologiyalar va o`simlik materiallari yordamida yetishtiriladigan ACE2 oqsiliga asosida tayyorlangan. Tajriba uchun jamoa ACE2 ni yetishtirdi va uni oqsilning shilliq qavatlardan o`tishiga imkon beruvchi komponent bilan birlashtirdi.

Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, saqich tana hujayralariga virusning kirib borishining oldini olishga qodir va infeksiyalangan bemorlarning so`laklarida RNK o`z ichiga olgan virus darajasi keskin pasaygan.

Ayni paytda olimlar mahsulotni yanada samarali baholash uchun klinik sinovlardan o`tkazishga ruxsat olishni rejalashtirishmoqda.