AQShning 15 shtatida Omikron bilan kasallanish holatlari qayd etilgan

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari direktori Roshel Uolinskiy shanba oqshomida AQShning 15 shtatida “Omikron” mutantini yuqtirish holatlari qayd etilganini ma’lum qildi.

ABC News telekanaliga bergan intervyusida Uolinskiy “delta” shtammi hali ham Qo’shma Shtatlardagi COVID-19 holatlarining aksariyat qismini tashkil etishini qo’shimcha qildi.

Shanba kuni Nyu-York shtatida “Omikron” mutantining 3 ta yangi yuqishi aniqlangan, bu shtatdagi yuqish holatlarning umumiy sonini 8 taga yetkazgan.