AQShning Oregon shtati qirg’oqlarida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo’ldi

AQSh Geologik xizmati AQSh shimoli-g‘arbidagi Oregon shtati qirg‘oqlarida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, zilzila episentri 10,3 ming aholi istiqomat qiluvchi Nyuport shahridan 430 km g‘arbda, 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila tufayli sunami haqida ogohlantirish berilmagan.

Vayronagarchilik, jarohatlar yoki qurbonlar haqida ham ma’lumot yo’q.