Disney kompaniyasini tarixda ilk bora ayol boshqaradi

Walt Disney kompaniyasi o`zining 98 yillik tarixida ilk kez ayol tomonidan boshqariladi.

Bu haqda kompaniyaning rasmiy sayti xabar qilgan.

Kompaniya direktorlar kengashining raisi etib Syuzan Arnold saylandi.

Arnold 14 yil davomida kompaniya direktorlar kengashining a’zosi edi. U yangi lavozimda Bob Aygerning yerini egallaydi. Syuzan Arnold bundan avval Carlyle investision kompaniyasini boshqargan,Procter & Gamble va McDonald’s da yuqori lavozimlarni egallab kelgan.