Makron Afg`oniston bo`yicha qo`shma Yevropa missiyasi rejalarini oshkor qildi

“Bir qator Yevropa davlatlari Afg`onistonda qo`shma diplomatik vakolatxona ochish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda”, – dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.

Janob Makron elchilarning qaytishi uchun hal qilinishi kerak bo`lgan qator masalalar, xususan, xavfsizlik masalasi borligini aytdi, biroq u tez orada diplomatik missiya ochilishiga umid qilmoqda.

Uning so`zlariga ko`ra, bu Tolibonni siyosiy jihatdan tan olish bilan barobar bo`lmaydi.

“Biz bir necha Yevropa davlatlari o`rtasida diplomatik tashkilot barpo etish haqida o`ylayapmiz… bu bizning elchilarimizga joylashishi uchun umumiy joy bo`ladi”, – dedi Makron Qatarda jurnalistlarga.

“Bu (Tolibonni) siyosiy jihatdan tan olish yoki u bilan siyosiy muloqotga kirishishdan tubdan farq qiladigan yondashuv”, – deya qo`shimcha qildi u.