Politsiya BMT shtab-kvartirasi oldida qurollangan odamni hibsga oldi

Nyu-York politsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasi yaqinida miltiq bilan aylanib yurgan odam hibsga olingani haqida xabar berdi.

Xavfsizlik kuchlari binoni o‘rab oldi va unga olib boruvchi yo‘lning bir qismini yopdi. Politsiya ichkariga kirishga harakat qilgan qurolli kishidan ovoz kuchaytirgich orqali qurolini qo’yishni talab qilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot xizmatiga ko’ra, bu tashkilotning birorta xodimiga xavf tug’dirmagan.