Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti: O‘zbekistonlik shaxmatchining ulkan yutug‘i bilan tabriklaymiz

Varshavada bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida ushbu sport turining rapid yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgano‘zbekistonlik 17 yoshli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov g‘alabasi munosabati bilan Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti, Xalqaro shaxmat federatsiyasining faxriy aʼzosi Andrey Filatov o‘z tabrigini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

– Aziz do‘stlar, sizga Yangi yil muborak bo‘lsin! Sizga baxt, muvaffaqiyat va sog‘liq tilayman. Albatta, bayram arafasida o‘zbek yosh shaxmatchisi erishgan ulkan yutuq bilan ham samimiy tabriklayman.

Nodirbek 17 yoshda butun dunyo shaxmat elitasi vakillarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ulkan sport yutug‘ini katta jamoa, murabbiylar, federatsiya rahbarlarining saʼy-harakati va mehnatisiz va, albatta, Shavkat Mirziyoyev tomonidan sportga, xususan shaxmatni rivojlantirishga qaratilayotgan  katta eʼtiborsiz qo‘lga kiritib bo‘lmas edi.

Sizni bunday ajoyib va yuksak natija bilan yana bir bora tabriklayman. Shaxmat ixlosmandlariga baxt va sog‘lik  tilayman.

Yangi yilingiz bilan!