Saudiya Arabistoni Sputnik bilan emlanganlarga mamlakatga kirishga ruxsat berdi

Vaksinani ishlab chiqaruvchilar Saudiya Arabistoni Rossiyaning Sputnik V vaksinasi bilan emlanganlarga mamlakatga kirishga, islom dini ahkomlarini bajarishga ruxsat berganini aytdi.

“Saudiya Arabistoni Qirolligi 2022-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyaning Sputnik V vaksinasi bilan emlangan shaxslarga mamlakatga kirishga ruxsat berdi”, – deyiladi Sputnik V ishlab chiqarilishini moliyalashtirgan Rossiya bevosita investitsiyalar jamg`armasi bayonotida.

Jamg`arma ma’lumotlariga ko`ra, ushbu qaror “Sputnik V bilan emlangan butun dunyo musulmonlariga Makka va Madina shaharlaridagi Islomning muqaddas qadamjolariga Haj va Umra ziyoratlarida qatnashish imkonini beradi”.

Sputnik V bilan emlangan xorijlik sayyohlar mamlakatga kirgach 48 soatlik karantinda bo`lishlari va koronavirusga qarshi test topshirishlari kerak bo`ladi.

Saudiya Arabistoni Sputnik V bilan emlangan ziyoratchilarni qabul qiluvchi 100 dan ortiq mamlakatlar qatoriga qo`shild. Jamg`arma maʼlumotlariga ko`ra, hozirda faqat 15 ta davlat, jumladan Qo`shma Shtatlar sayyohlardan Sputnikdan boshqa vaksina bilan emlanishni talab qilmoqda.

Yetakchi The Lancet tibbiy jurnal tomonidan chop etilgan maqolada vaksina xavfsiz va 90 foizdan ko`proq samarali deb e’lon qilingan.

Ammo Rossiya vaksinasi haligacha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti yoki Yevropa Ittifoqi va Qo`shma Shtatlar tibbiyot organlari tomonidan tasdiqlanmagan va ro`yxatga olinmagan.