Sharqiy Quddusdagi xonadondan Hasmoneylar davriga oid qadimiy buyumlar topildi

5-dekabr kuni Sharqiy Quddus polisiyasi shaharda yashovchi 30 yashar fuqaroning uyini tintuv qilib, tarixiy qiymatga ega o`nlab buyumlar va tangalarni topib oldi.

Isroil qadimshunoslik boshqarmasi mutaxassislarining aytishicha, buyumlar orasidan Hasmoneylar sulolasi davriga oid ibodatxona shamtutqichi va sopoldan yasalgan yog`li chiroq ham bor.

Topilmalar orasida qadimgi ivrit tilidagi yozuv tushirilgan muhrli uzuk ham bor.

Xonadon egasi hozirda polisiya tomonidan so`roq qilinmoqda.

Hasmoneylar-mil.av.140-37-yillarda Yaqin Sharqda joylashgan qadimgi yahudiy shohlari sulolasi bo`lib, ular 16- yili Salavkiylarga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonga rahbarlik qilgan.