SpaceX Floridada raketalar uchun yangi uchish maydonchasini qurishni boshladi

Elon Maskning SpaceX kompaniyasi kelasi yilga qadar Oy va Marsga bir nechta kosmik kemalarni jo`natish uchun Floridada Starship raketalari uchun uchish maydonchasini qurishni boshladi.

Bu haqida xabar berar ekan, SpaceX kompaniyasining bosh direktori juma kuni tvitterda shunday deb yozdi: “Keypda (Cape Canaveral) Starship uchun orbital uchish maydoni qurilishi boshlandi”.

Kompaniya o`z raketalarini uchirish uchun yana bir maydon qurmoqchi. Bungacha SpaceX Falcon 9 va Falcon Heavy raketalarini uchirish uchun NASAning Kennedi kosmik markazidagi 39A parvoz kompleksidan foydalanib kelgan.

Maskning juma kungi bayonoti Floridadagi ulkan raketa uchirish maydonchasidagi ishlarning qayta tiklanganidan dalolat beradi. Chunki, SpaceX kelasi yili o`nlab Starship sinov parvozlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.