Tesla bolalar uchun 1900 dollarlik Cyberquadni taqdim etdi

Tesla internet-do`koni 1-dekabr kuni bolalar uchun elektr Cyberquadni taqdim etdi.

Kvadrosikl to`liq po`latdan yasalgan asos, sozlanadigan harakatlanuvchi qismlar, orqa diskli tormoz, LED chiziqlar va yumshoq o`rindiqga ega.

Elektr kvadrosikl litiy-ionli akkumulyator bilan harakatlanadi va u bir martalik quvvat bilan 24 kmgacha masofani 16 km/soat tezlik bilan bosib o`tishga qodir.

Teslaning ta’kidlashicha, mashina 8 yosh va undan katta bolalar uchun mo`ljallangan. Uning to`liq quvvat olishi uchun atigi 5 soat vaqt yetarlidir.