Toshkentda og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati start oldi

Poytaxtimizda og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati boshlandi. Mamlakatimizda ilk bor o`tkazilayotgan musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi.

Musobaqani ayollar o`rtasida -49 kg vazn toifasidagi “S” guruhi ishtirokchilari boshlab berdi.

Ushbu dunyo birinchiligida 14 nafar vakillarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo`rayev, Adham Ergashev, Kumushxon Fayzullayeva, Doston Yoqubov kabi tajribali sportchilarimiz bor.