Xitoyliklar Yerni sekinlashtirmoqda

Yanszi daryosidagi Xitoyning “Uch dara” to`g`oni Yerdagi inson qo`li bilan barpo etilgan eng og`ir texnogen obyekt hisoblanadi. Uning balandligi 185 metr, uzunligi deyarli 2300 metrga teng. To`g`on 39 trillion litr suvni o`zida saqlab turadi va bu og`irlik Yerning inersiya muddatining oshishiga va natijada aylanish tezligining sekinlashishiga olib keladi.

Olimlar bu haqida 10 yil avval gapira boshlagan. Endilikda bu fakt NASA olimlari va boshqa bir qator mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi.

NASA maʼlumotlariga ko`ra, to`g`on kun uzunligini 0,06 mikrosekundga qisqartirishi mumkin.

Ammo vahima qilishning hojati yo`q. Yer allaqachon beqaror aylanish tezligiga ega va bu millisekundlar hech narsaga ta`sir qilmaydi.