AQSh mudofaa vaziri koronavirus yuqtirib oldi

Yakshanba kuni AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin koronavirus bilan kasallanganini e’lon qildi.

Vazir tomonidan e’lon qilingan va Pentagon veb-saytiga joylangan bayonotda shunday deyilgan: “Bugun ertalab koronavirusga topshirgan testim ijobiy natija koʻrsatdi. Men ta’tilda uyimda bo’lganimda kasallik alomatlari ko’ringanidan keyin test topshirdim”.

68 yoshli Ostin kasallik alomatlari yengil ekanligini va u shifokorlar tavsiyalariga amal qilayotganini va keyingi 5 kun davomida o‘z uyida karantinda o‘tirish niyatida ekanligini aytdi. U hamon mudofaa vaziri sifatida o‘ziga yuklangan barcha vazifalarni bajarayotganini va barcha muhim uchrashuv va tadbirlarda videomuloqot orqali qatnashish niyatida ekanini aytdi. “Mening birinchi o’rinbosarim Ketelin Xiks kerak bo’lganda boshqa barcha tadbirlarda mening oʻrnimga qatnashadi”, dedi u.

Ostin, shuningdek, o’zining koronavirusga qarshi to’liq emlanganini, o’tgan oktyabr oyida kuchaytiruvchi vaktsina dozasini olganini aytdi.