AQSh o’z fuqarolariga Qozog’istonga safar qilmaslikni tavsiya qildi

AQSh Davlat departamenti Qozog‘istonning Olmaota shahridagi AQSh konsulligidagi ba’zi xodimlari va ularning oila a’zolariga ketishga ruxsat berdi, shuningdek, notinchliklar sababli amerikaliklarga mazkur mamlakatga bormaslikni tavsiya qildi.

“Davlat departamenti muhim vazifalarni hal qilishda ishtirok etmaydigan Olma-Otadagi Bosh konsullik xodimlari va Olmaotadagi Bosh konsullik barcha amerikalik xodimlarining oila aʼzolarining mamlakatni tark etishini maʼqulladi”, — deyiladi xabarda.

“Davlat departamenti Amerika fuqarolariga koronavirus tarqalishi va tartibsizliklar sababli Qozog‘istonga safar qilmaslikni tavsiya qiladi”, deyiladi bayonotda.

AQShning Olma-Otadagi konsulligi avvalroq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni to‘xtatib, masofaviy ishlash tizimiga o‘tgan edi. Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultondagi AQSh elchixonasiga kelsak, u yerda vaziyat tinch, u hamon minimal cheklovlar bilan ishlamoqda.