AQShda 2022 yilda birinchi oʻlim jazosi amalga oshirildi

Oklaxoma shtatida afro-amerikalik mahkum o’limga olib keluvchi in’ektsiya yo’li bilan qatl etildi va bu AQShda yangi yil boshidan beri qatl etilgan birinchi mahkum bo’ldi.

“Janubiy shtat payshanba kuni ertalab soat 10:16 da Donald Grantning qatl etilishini hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshirdi”, deb yozdi Bosh prokuror Jon O’Konnor Facebook’dagi bayonotida.

40 yoshli erkak MakAllister qamoqxonasida uchta modda ukol qilinishi bilan vafot etdi.

Bu moddalar birgalikda mahkumlarga katta azob-uqubatlar keltirishi bir necha bor aytilgan. Oktyabr oyi oxirida o’limga mahkum etilgan mahbus birinchi ukolni olganidan keyin takroriy talvasaga uchradi.

2001 yilda o’sha paytda 25 yoshda bo’lgan Donald Grant sevgilisini qamoqdan chiqarish uchun zarur bo’lgan garov pulini olish uchun mehmonxonani tunagan.

2005 yilda hakamlar hay’ati uni qo’shaloq qotillik uchun o’limga hukm qildi.

O’shandan beri u ruhiy kasalliklardan aziyat chekayotganini aytib, jazoni bekor qilish uchun bir necha bor murojaat qilgan.

Chorshanba kuni AQSh Oliy sudi uning Oklaxoma shtati tayinlagan o’lim jazosini qo’llash usuliga asoslangan so’nggi apellyatsiyasini rad etdi.