Bayden va Putin muzokaralari tufayli AQShga kiberhujumlar kamaygan

AQSh Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Qo’shma Shtatlar Rossiya va Amerika tomonlari o’rtasidagi muzokaralar natijasida AQShga qarshi kiber hujumlar soni kamayganini tasdiqladi.

“O’ylaymizki, so’nggi bir necha oy ichida murakkab to’lov dasturlari hujumlari bilan bog’liq holatlar pasaygan”, dedi Sallivan Foreign Policy nashriga.

AQSh rasmiysining ta’kidlashicha, o’tgan hafta Rossiyada Amerika kompaniyalariga hujum uyushtirganlikda gumon qilingan bir necha kishi hibsga olingan.

O’tgan hafta AQSh ma’muriyati Rossiya xavfsizlik xizmatlari tomonidan Amerika institutlari va kompaniyalariga elektron hujumlar uyushtirishda ayblangan “REvil” guruhi xakerlarining hibsga olinishini olqishladi.