Bitkoin tizimini buzib kirish deyarli imkonsiz

Olimlar bitkoinni buzish uchun 13 million kubitli kvant kompyuteri kerakligini aniqlashdi.

Britaniyalik olimlarning hisob-kitoblari shuni ko`rsatdiki, bir kun davomida kriptovalyutalarni buzish uchun 13 million kubitli kvant kompyuter kerak bo`ladi. Agar vaqt bir soatga qisqartirilsa, kubitlar soni 317 millionga oshadi. 10 daqiqada bitkoinni faqat 1,9 milliard kubitli kvant kompyuter buzib kirishi mumkin.

Hozirda IBM kompaniyasining eng kuchli kvant protsessori 127 kubitga ega va 2029 yilga kelibgina Google bir million kubitli marrani zabt etishni rejalashtirmoqda. Shuning uchun, tadqiqot mualliflari ta`kidlaganidek, kriptovalyuta egalari kamida yana 10 yil va, ehtimol, undan ham ko`proq vaqt davomida kvant kompyuterlaridan qo`rqmasliklari mumkin.