Bitta shahar uchun avtobus o`lchamidagi yadro reaktorlari quriladi

NuScale Power startapi dizaynerlari quvvati kichik shahar uchun yetarli bo`ladigan modulli yadro reaktori g`oyasini taqdim etdilar.

Reaktor shunchalik kichikki (o`lchami ikkita avtobusdan katta bo`lmagan), u katta himoya qoplamalarini va hatto xavfsiz zona ta`minlanishni talab qilmaydi.

Bundan tashqari, dizayn standart yadro reaktorlaridan unchalik farq qilmaydi. Yangi loyiha maksimal samaradorlik va xavfsizlik uchun maqbullashtirilgan. Bunday reaktorlarning mobilligi har qanday quvvatdagi elektr stantsiyalarini yaratishga imkon beradi.

Loyiha 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Korxona Aydaxoda sinov stansiyasini qurish uchun AQSh yadroviy tartibga solish komissiyasidan allaqachon ruxsat olgan.