Blinken: Biz AQSh va Rossiyani qiziqtirgan xavfsizlik masalalarini hal qilishda oldinga siljishimiz mumkin

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Qo’shma Shtatlar va Rossiya o’zaro manfaatli xavfsizlik masalalarida oldinga siljishi mumkinligini ta’kidladi.

Blinken yakshanba kuni e’lon qilingan CNN telekanaliga bergan intervyusida: “Biz ikkala tomonning xavotirlarini hal qilishda oldinga siljishimiz mumkinligiga ishonamiz, bu esa keskinlikni pasaytiradi va xavfsizlik sharoitlarini yaxshilashga hissa qo’shadi”, dedi.

10-yanvar kuni Jenevada Rossiya-G‘arb munosabatlaridagi keskinlikning kuchayishi munosabati bilan Rossiya va AQSh o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi, so‘ngra 12 yanvar kuni Bryusselda Rossiya-NATO kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.