Blinken Rossiya shirkatini Shimoliy Koreyaga raketa dasturi uchun mahsulotlar yetkazib berishda ayblaydi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning Parsec kompaniyasi Shimoliy Koreyaning raketa dasturida qo‘llaniladigan mahsulot va texnologiyalarning asosiy eksportchisi ekanligini ma’lum qildi.

Blinken chorshanba kuni bergan bayonotida Rossiyada yashovchi Shimoliy Koreya fuqarosi O Young Xo 2018-2021 yillar oralig‘ida Shimoliy Koreyaning raketa dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun uchinchi davlatlardan raketa materiallari sotib olayotganini aytdi.

AQSh Davlat departamenti ma`lumotlariga ko’ra, Koreya fuqarosi Rossiyaning Parsec kompaniyasi va uning direktori Roman Alar bilan hamkorlikda ballistik raketalar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni xarid qilgan.

AQSh Moliya vazirligi Moskvada ro’yxatdan o’tgan yuqorida tilga olingan kompaniya va Shimoliy Koreyaga aloqador 7 kishi, jumladan, Rossiya va Xitoyda istiqomat qiluvchi KXDR fuqarolariga nisbatan sanksiyalar qo’llanilishini e’lon qildi.