“Bloomberg”: Baydenni juda yomon qish kutmoqda

Amerikaning “Bloomberg” agentligi rekord darajadagi inflyatsiya, koronavirus pandemiyasining kuchayishi va Rossiya bilan munosabatlardagi keskinlik fonida prezident Jo Baydenni juda yomon qish kutmoqda, deb ta’kidladi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Baydenning oldida ichki va tashqi siyosatda murakkab vazifalar turibdi, ayni paytda Sharqiy Yevropada inqiroz kuchayib bormoqda, chunki mintaqadagi xavfsizlik masalalari boʻyicha Moskva bilan olib borilgan muzokaralar hozircha sezilarli natija bermagan. Eron bilan yadroviy fayl bo’yicha muzokaralar ham muhim nuqtaga yetgan.