Britaniyalik shaxs ishga kirish intervyulariga hobbi sifatida borib kelmoqda

“Nega men bunday qilyapman? Xo`sh, men bunga (intervyuga borish vaziyatiga) moslashishni yaxshi ko`raman, ularning barchasi (men uchun) haqiqiy bayramdek tuyuladi. (Intervyuga borishda) Siz yaxshi kun o`tkazishingiz va yangi joylarga tashrif buyurishingiz mumkin. Men sochimni tartibga solish uchun sartaroshga boraman, nonushta qilaman va kofe ichaman, (natijada) o`zimni juda yaxshi his qilaman”, – dedi u.

Rogzning so`zlariga ko`ra, u intervyu paytida o`zini mutlaqo xotirjam his qiladi, chunki u “ishga qabul qilinamanmi yoki yo`qmi” deb tashvishlanmaydi. Aksincha, Rogz o`zini juda faol tutadi va vaziyatni o`z tomoniga og`dirishga harakat qiladi. U ish beruvchi xodimga “qanday imtiyozlar berishi mumkinligi, nima uchun u yerda ishlashi kerakligi, kompaniyaning raqobatbardoshligi qanday bo`lishi va hokazolar” kabi savollarni bera boshlaydi.

Rogzning aytishicha, ish beruvchilarning ayrimlari uning bunday munosabatidan sarosimaga tushib qolishmoqda, boshqalari esa uni ishga chiqishga ko`ndirishga harakat qilishadi.

“Keyin, (gap) ish haqi haqida ketganda, men bu (ish uchun taklifi qilinayotgan ish haqi) bozor standartlariga javob bermasligini aytaman, ularga (intervyu uchun) vaqt ajratganlariga rahmat aytaman va shunchaki eshikdan chiqib ketaman”, – deb yozgan britaniyalik.

Uning ta`kidlashicha, bunday “manzaradan” keyin ham ba`zi kompaniyalar u bilan bog`lanib, ish haqi miqdorini muhokama qilishni taklif qilmoqda.