Cancer Research: zarcho`va (kurkuma) saraton kasalligi hujayralarini o`ldiradi

Cancer Research tadqiqotchilik fondi shifokorlari saraton kasalligini oldini olish va paydo bo`lgan saratonni davolash uchun ratsionga qaysi mahsulotni kiritish kerakligini ma`lum qildi. Bu haqida Daily Express gazetasi xabar qildi.

Mutaxassislar fikriga ko`ra, zarcho`va (yoki sariq zanjabil, oziq-ovqat tayyorlashda ziravor sifatida ishlatiladi, bundan tashqari, sariq rang olishda xomashyo hisoblanadi) mavjud bo`lgan saraton o`simtalariga faol qarshi ta`sir ko`rsatib, tarkibida yuqori konsentratsiyali andioksidantlar, xususan, kurkumin tufayli o`simtalar rivojlanishini oldini oladi.

Mamlakat aholisining kunlik ratsioni o`rganilganda, zarcho`vadan foydalaniladigan an`anaviy taomlarni iste`mol qiladigan insonlarda saraton bilan kasallanish juda kam ko`rsatkichda bo`lgan. Shuningdek, olimlar adenid kista karsinoma asosan so`lak bezlari, bosh yoki bo`yinning boshqa joylarida sezilarli darajada rivojlanadigan saraton kasalligining nisbatan noyob turi bilan og`rigan bemorlarda tajriba qilib ko`rishdi. Davolanish kurslariga zarcho`va qo`shimcha qilingan.

“Ikki oydan so`ng holatning barqarorlashgani, olti oydan so`ng esa o`simta jahmi va vazni 80% ga kamaygani kuzatildi”, – deydi tadqiqotchilar.

Shuningdek, ularning ta`kidlashicha, zarcho`vadagi yuqori konsentratsiyali antioksidantlar yurak kasalligi bilan og`rigan insonlarda xolesterin miqdorini kamaytirishga hamda ko`z gavharining xira tortishi (katarakta), ko`z ichki bosimining zo`rayishi (glaukoma), makula degenaritsiyasi kabi kasalliklar kelib chiqishi xavfini kamaytiradi.