COVID-19: AQShga kirish uchun yangi qoidalar

Oʻzbekiston havo yoʻllari AQShga kirish boʻyicha yangi qoidalarni eslatib oʻtdi.

AQShga borayotgan yoki tranzit orqali oʻtadigan yoʻlovchilar (2 yoshdan yuqori) yangi koronovirus infektsiyasi COVID-19 uchun parvozdan kamida 24 soat oldin, PZR usulida topshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishlari kerak. Shuningdek, yo’lovchilar maxsus attestatsiya varaqasini to‘ldirishlari va ro‘yxatdan o‘tish paytida uni bosma shaklda taqdim etishlari shart.

 AQSh’ga kirish qoidalari bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing: https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0