Covid-19: O‘zbekistonga kelayotganlar uchun yangi talab – ekspress test

O‘zbekistonga xorijdan kelayotgan ikki yoshdan oshgan barcha yo‘lovchilar respublikaning xalqaro aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy testdan o‘tishlari shart.

To‘lovni amalga oshirib, chekni olgandan keyin yo‘lovchidan ekspress-test olinadi, shundan so‘ng pasportga shtrix-kod yopishtiriladi. Test natijalari 15 daqiqa ichida olinadi. Terminaldan chiqayotganda shtrix-kod skanerdan o‘tkaziladi va yo‘lovchi koronavirus testi natijasini oladi. Test natijasi ijobiy bo‘lsa, yo‘lovchi majburiy karantinga olinadi.