Durov O`zbekistonni eslab o`tdi

Rossiya Markaziy banki tomonidan taklif qilingan kriptovalyutalarni taqiqlash IT-mutaxassislarining mamlakatdan chiqib ketishiga olib keladi va yuqori texnologiyali iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yo`q qiladi.

Rivojlangan mamlakatlar esa kriptovalyutalarni taqiqlamaydi. Sabab – bunday taqiq muqarrar ravishda blokcheyn texnologiyalarining rivojlanishini sekinlashtiradi. Ushbu texnologiyalar moliyadan tortib san`atgacha bo`lgan ko`plab inson faoliyatining samaradorligi va xavfsizligini oshiradi.

Rossiyaning Ukrainadan tortib O`zbekistongacha bo`lgan qo`shnilari rivojlangan davlatlar ortidan blokcheyn sohasida ilg`or qonunlarni qabul qilmoqda. Bu davlatlar texnologik va iqtisodiy taraqqiyot chetida qolishni xohlamaydilar.

Kriptovalyutalar muomalasini tartibga solish istagi har qanday moliyaviy organ tomonidan (ilari surilishi) tabiiydir. Biroq, kripto-valyutalarni butunlay taqiqlashni tavsiya etar ekan, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki chaqaloqni suvga tashlashni taklif qilmoqda. Bunday taqiq vijdonsiz “o`yinchilarni” to`xtatib qolishi dargumon, lekin bu sohadagi qonuniy Rossiya loyihalariga chek qo`yadi.