Elon Mask: Bayden amerikaliklarni ahmoq deb biladi

Tesla asoschisi Elon Mask AQSh prezidenti Jo Baydenning elektromobillar haqidagi bayonotidan norozi bo‘lgani uchun Twitter orqali u bilan muloqotga kirishmoqchi bo‘ldi.

“Bayden amerikaliklarni ahmoq deb biladi”, deb yozdi Mask Twitter’da.

Bayden avvalroq Amerika kompaniyalarini elektromobillar ishlab chiqarayotgani uchun maqtagan. Bunga javoban Mask prezident bu sohadagi uning yutuqlarini ataylab gapirmagan deb hisoblagan.

Maskning ayrim postlarida AQSh rahbarini “odam qiyofasidagi qo‘g‘irchoq” deb haqorat qilgan.

Baydendan Maskning “hujum”iga javob bo‘lmadi.