Eronda bokschi o`lim jazosiga hukm qilindi

Eron boks bo`yicha mahalliy chempion Muhammad Javod Vafoi-Saniyni 2019-yilgi norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun o`limga hukm qildi. U hukumat binolariga o`t qo`yish va ularni vayron qilishda aybdor deb topildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari rasmiylarni uning hayotini saqlab qolishga chaqirishdi va Twitterda #SaveMohammadJavad xeshtegi paydo bo`ldi.

2020-yil sentabrida 27 yoshli milliy kurashchi Navid Afkari janubiy Sheroz shahrida ikki yil avval shaharni larzaga keltirgan norozilik namoyishlari chog`ida qotillikda ayblanib, dorga osilgan edi.

U kaltaklash, burniga spirtli ichimlik quyish kabi usullarni qo`llagan holda jinoyatini tan olishga majburlaganliklaridan shikoyat qilgan.