Ford Teslani ortda qoldirdi

Ford kutilmaganda Tesla va boshqa barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilarni ortda qoldirdi. Kompaniya 2021-yilda aksiyalar rentabelligi bo`yicha rekord o`rnatdi.

Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yili Ford Motor aksiyalari narxi qariyb 140 foizga oshdi. Bu Fordga Tesla, General Motors va ko`plab yangi kompaniyalarni ortda qoldirib, 2021-yilda aksiyalarning rentabelligi bo`yicha rekord o`rnatishga imkon berdi.

Investorlar Jim Farli boshchiligidagi Fordning yangi biznes yo`nalishini maqtashmoqda. U sobiq bosh direktor Jim Xekett 2020-yil oktabr oyida direktorlar kengashidan chetlashtirilgandan keyin kompaniyani boshqarishni boshladi.

Farli investorlar uchun yanada ochiq va shaffof bo`lishga va`da bergan va Ford uchun elektr transport vositalarini ishlab chiqarishga qo`shimcha resurslarni jalb qilish uchun qayta qurish rejasini boshlagan. Uning mehnati natijasining ilk namunasi sifatida F-150 Lightning pikapini ko`rsatish mumkin. Elektromobil juda mashhur bo`lib chiqdi. Uni sotib olish uchun hozirda 200 000 nafardan ortiq odam navbatda turibdi.

Farli Fordni 15 oydan ko`proq vaqt davomida boshqarganidan beri kompaniya aksiyalari narxi 200 foizdan ortiqqa qimmatlashdi.