O`zining g`ayrioddiy ko`rinishi tufayli YouTube yulduziga aylangan bloger Adaliya Rouz 15 yoshida kam uchraydigan kasallik tufayli vafot etdi. Texaslik o`smir bolalikdan progeriya yoki “Benjamin Batton kasalligi” deb nomlanuvchi Xatchinson-Gilford sindromidan aziyat chekib kelgan.
Adaliya Rouz chaqaloqligidan “Benjamin Batton kasalligi” bilan og`rishni boshlagan. Dunyo bo`ylab 500 nafar bolalarda uchraydigan ushbu kasallik juda tez qarish sifatida tasniflanadi. Kasallikka chalinganlarning o`rtacha umr davomiylik muddati 13 yilni tashkil etadi.
Rouz olti yoshidan blog yuritishni boshlagan va tez orada ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`lib, YouTubeda deyarli uch million, Instagramda esa 350 mingdan ortiq obunachilar orttirgan.