Kaliforniyada o’rmon yong’inlari sababli aholi evakuatsiya qilindi

Kaliforniyaning Big Sur tumanida sodir bo’lgan o’rmon yong’inlari aholini evakuatsiya qilish va Tinch okeani sohilidagi avtomagistralni to’sib qo’yishga sabab boʻldi.

Amerikaning “ABC” tarmog’i yong’in juma kuni kechki payt (mahalliy vaqt bilan) mintaqaning tog’larida boshlanganini xabar qildi.

Kaliforniya o’rmon xo’jaligi va yong’indan himoya qilish departamenti shanba kuni yong’in kamida 6 kvadrat kilometr o’rmon maydonlarini yondirganini va uning 5 foizga o’chirilganligini maʼlum qildi.

Monterey okrugi sherif boshqarmasi aholi kam yashaydigan hududda evakuatsiya qilishni buyurdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda faollar shiddatli yong‘inlar aks etgan surat va videolarni bo‘lishdi.