Kanada viloyati maktablar, restoranlar va sport zallarini yopadi

Kanadaning aholisi eng ko’p bo’lgan Ontario viloyati bosh vaziri koronavirusga chalinish holatlari rekord darajada oshgani sababli barcha maktablarning yopilishi va masofaviy ta’limga o’tilishini e’lon qildi.

Bosh vazir Dug Ford ham barcha restoranlar, sport zallari va kinoteatrlarning yopilishini e’lon qildi va shunday dedi: “Men onlayn ta’lim mukammal emasligini bilaman… Ammo haqiqat shundaki, Omicron yong’in kabi tarqalmoqda”.

Ontarioda yangi yuqtirish holatlarning keskin o’sishi kuzatilmoqda, bu esa kasalxonaning sig’imi boʻyicha xavotir uyg’otdi.

Hukumat o’tgan hafta maktablar kelasi chorshanba kuni o’quvchilar uchun eshiklarini ochishini e’lon qilgandan so’ng, maktablarning qayta ochilishi o’n yettinchi yanvargacha kechiktirdi.