Koloradodagi yong‘inlarda ikki kishi bedarak yo‘qoldi

AQSh rasmiylari shanba kuni AQShning Kolorado shtatidagi ko‘plab shaharlarni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida ikki kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

Boulder okrugi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot kotibi Jennifer Cherchill “Biz ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblaymiz”, dedi va bedarak yo‘qolganlar haqida boshqa ma’lumotga ega emasligini qo‘shimcha qildi.

Boulder okrugi sherifi Jo Bell juma kuni yong‘inlar tarqalish tezligini hisobga olib, katta qurbonlar keltirmagani “mo‘jiza” ekanligini aytdi.