Levandovski yilning eng yaxshi sportchisi bo`ldi

Xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi (AIPS) joriy 2021-yilni sarhisob qildi.

Erkaklar o`rtasida 2021-yilning eng yaxshi sportchisi deb “Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski e`tirof etildi.

“PSJ” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yil yakuniga ko`ra Amerikaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Messi yilning “eng yaxshi sportchisi” nomiga ham da`vogarlik qildi, biroq u poygachi Maks Verstappendan ortda qolib, 3-o`rinni egalladi.

Eslatib o`tamiz, Messi Argentina terma jamoasiga Amerika kubogini yutishda yordam bergan, shuningdek, yettinchi marta “Oltin to`p” mokofotini qo`lga kiritgan.

Levandovskiga kelsak, u bir yilda 69 ta gol urishga muvaffaq bo`ldi. Bu natija chempionatlardagi barcha o`yinchilar orasida eng yuqori natijadir.

G`oliblar 21 davlat vakillari ishtirok etgan assotsiatsiyasi a`zolari o`rtasida ovoz berish yo`li bilan aniqlandi.