Lukashenko Qozog`istondagi KXShT operatsiyasi tafsilotlarini oshkor qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog`istonda o`z missiyasini yakunlagan tinchlikparvar kontingent bilan uchrashuvda ushbu mamlakatda yaqinda o`tkazilgan KXShT operatsiyasiga tayyorgarlikning ayrim tafsilotlarini ma`lum qildi.

“Ushbu operatsiyani bir soat ichida ikki prezident – Rossiya va Belarus rahbarlari ishlab chiqdi. Reja belgilandi, Shoygu va Xrenin boshchiligidagi mudofaa vazirliklari ikki prezidentning rejasini bosh shtabdagilar uchun batafsil bayon qildi va bir necha soat ichida birinchi samolyotlar Qozog`istonga uchib ketdi”, – deya uning so`zlarini keltirmoqda BelTA.

Lukashenkoning so`zlariga ko`ra, barchasi “tez va qat`iy, ikkilanishlarsiz” amalga oshirilgan.