Mang`istauda gaz narxi 50 tengega tushiriladi

Qozog`istonning Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so`m) ko`tarilganidan norozi bo`lib, ommaviy namoyishga chiqishgan edi. 

“Hukumat komissiyasi Aqtaudagi “Intimak” maydonida yig`ilgan faollar bilan uchrashdi. Yig`ilishda Aktau tashabbus guruhi bilan olib borilgan muzokaralar davomida qabul qilingan qarorlar, xususan, “Qazmunaygaz” OAJ ijtimoiy mas`uliyati doirasida Mang`istau viloyatida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va 1 litri uchun 50 tenge etib belgilash to`g`risidagi qaror e`lon qilindi.

Shuningdek, maydonga yig`ilgan shaxslar javobgarlikka tortilmasligiga kafolat berildi.

Tomonlar, shuningdek, barcha yuzaga kelgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib oldilar.