Merkel birinchi ish taklifini oldi

Germaniyaning dpa axborot agentligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelni xalqaro muassasada ishlashga taklif qilganini ma`lum qildi.

Agentlikning Birlashgan Millatlar Tashkiloti manbalariga tayanib xabar berishicha, Guterrish Merkelni butun insoniyatga foyda keltiradigan yuqori darajadagi maslahat organiga raislikka taklif qilgan.

Manbalarga ko‘ra, Guterrish bu taklifni Merkelga maktubda taqdim etgan, ammo hozircha javob olmagan.