Meta sun`iy aqlga asoslangan dunyodagi eng tezkor superkompyuterni ishlab chiqmoqchi

Korporatsiya ma`lumotlariga ko`ra, 2022-yilning o`rtalariga kelib u dunyodagi barcha shu turdagi qurilmalar ichida eng tezkoriga aylanadigan superkompyuter yaratmoqchi. Kompaniyaning maqsadi bir ekzabaytgacha bo`lgan ma`lumotlardan (1 milliard gigabayt yoki 36 ming yillik yuqori aniqlikdagi video) foydalangan holda trillionlab parametrlarni o`rganishga qodir neyron tarmoqlarni yaratishdan iborat.

Meta yangi neyron tarmoqlar virtual dunyoda turli tillarda gapiradigan odamlarning katta guruhlari uchun real vaqt rejimida avtomatik ovozli tarjimani taqdim etishiga umid qilmoqda.